img
Luma Dream Machine yangiliklari

Luma Dream Machine yangiliklari

Luma Dream Machine Video  tizimi asosan  yangi turdagi sun'iy intellekt yordamida musiqiy videolar yaratish uchun mo'ljallangan servis bolib, u foydalanuvchining musiqa va tasvirlar orqali berilgan so'rovlariga javoban avtomatik ravishda ijodiy videolar yaratib beradi. Bu texnologiya asosan AI (sun'iy intellekt) asosida ishlaydi va video yaratish jarayonini foydalanuvchilarga soddalashtirib bera oladi. 

Uni qachon va kimlar yaratgan? Luma Dream Machine Video sun’iy intellekti  Luma Labs kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bu tizim xususan sun'iy intellekt yordamida video yaratish va tahrirlash vositalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Ushbu neyron tarmoq 2022-yildan boshlab ishlay boshlagan  va o'sha paytdan buyon kompaniya uni yildan-yilga takomillashtirib kelmoqda. Keyingi vaqtda tizimga yanada ilg'or xususiyatlar, masalan, real vaqt rejimida video yaratish va turli vizual uslublarni qo'llash kabi yangiliklar kiritildi .

Luma Dream Machine  bu dasturiy rasmlar asosida animatsiyani ishlab chiqarish imkonini beradigan xizmat. U sizning fotosuratlaringizni yanada jadal va qiziqarli qilish uchun san’at intellektidan foydalanadi. Luma Dream Machine afzalliklari  nimada?

 1. Foydalanishdagi engillik: Luma interfeysi intuitiv tarzda tushuniladi, hatto yangi boshlanuvchi ham instrumentlardan qanday  foylalanishni tezda tushunishi mumkin.

2. Kreativ imkoniyatlar: Ko‘plab animatsiyalar tufayli siz fotosuratlaringizni chuqur va asl holatida taqdim etishingiz mumkin.

3. Generatsiya tezligi: Animatsiyani yaratish tezkor amalga oshiriladi, bu vaqtni tejash imkonini beradi.

Vedeolar qahcha vaqtda yaratish mumkin?

Luma Dream Machine Yideo yaratish jarayoni odatda bir necha daqiqa ichida amalga oshirishi mumkin, u 120 kadrli videoni atigi 120 soniyada ishlab chiqarishga qodir. Albatta bu erda  har bir jarayonning oddiyligiga va murakkabligiga qarab biroz farq qilishi mumkin.

    Odatda Luma Dream Machine Video qisqa va o'rta uzunlikdagi videolar uchun optimallashtirilgan bolib, unda yaratiladigan video davomiylik hajmi 1 minutdan 5 minutgacha bo'lishi mumkin.

    Yaratish vaqti: Video yaratish vaqti musiqa va vizual elementlarning murakkabligiga qarab farq qiladi. Oddiy vazifalar uchun video yoki roliklar 3 minutdan 5 minutgacha vaqt ichida tayyorlansa, murakkab videolar uchun esa 10 minutdan 15 minutgacha vaqt  sarf etiladi.

Dream Machinedan samarali foydalanish va 30 ta arzon generatsiyani bekor sarflamaslik uchun ishni oldindan rejalashtirib olish zarur. Generatsiyani boshlashdan oldin, videoingizning syujeti va stsenariyini batafsil o‘ylab ko‘rganingiz ma'qul. Moslamalar bilan tajriba qiling: Eng yaxshi natijalarga erishish uchun turli parametrlarni sinab ko‘ring.

Dreamning ilovalaridan ham foydalanishingiz mumkin. Unda «chizish» uchun avval rasmda nimalar tasvirlanishi kerakligini yozish, soʻngra «Mistik», «Barokko», «Fentezi», «Stimpank» kabi taklif qilingan uslubbirini tanlash kerak. Shundan so‘ng “Yaratish ” tugmasini bosib, bir soniya ichida natija olish mumkin bo'ladi.

 Siz  iOS, Android va Webda o‘tkaziladigan yakuniy interaktiv saxnalarga yangilanib olganingizdan keyin Lumadan foydalanishda har doim 3D AI sizni oldinda bo‘lishingizni bildiradi.  Androidda undan foydalanganingizda sizning barcha rasmlaringiz va ma’lumotlaringiz ular bilan birga kelib tushadi.

Undan qanday samarali foydalanish mumkin?

Luma Dream Machine Videoni samarali ishlatish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi:

1.    Aniq ma'lumot kiritishga harakat qiling: Agar siz aniqroq va aniq tasvirlar yoki musiqa uslublarini taqdim etsangiz, AI tizimi videoni yaxshiroq va ijodiyroq qilib sizga yaratib beradi. Agar siz musiqaning videosini yaratmoqchi bo'lsangiz, trekingizga mos keladigan tasvirlarni tanlaganingiz ma’qul.

2.    Mavzular bilan eksperiment qiling: Luma Dream Machine asosan futuristik, retro, abstrakt yoki realistik  kabi turli uslublarda ishlay oladi. Siz ishga to’liq kirishib olgunga qadar turli mavzular bilan tajriba o'tkazib ko'rib, bu tizimning qanday natija berishini sinab ko'ring.

3.    Parametrlarni sozlash: Agar platformada imkoniyatlar bo'lsa siz albatta vizual elementlar (ranglar, yorug'lik, harakat tezligi) kabi parametrlarni sozlang. Bu sizga video natijasiga yaqinroq bo'lish imkonini beradi.

4.    Feedback (fikr-mulohaza) va takomillashtirish: Asosan ko'pgina AI tizimlari foydalanuvchilarning fikr va mulohazalariga asoslanib takomillashadi. Agar birinchi video kutganingizdek chiqmasa unda siz ma'lumotni qayta sozlab, yana bir marta  uni qaytadan yaratib ko'ring.

Luma Dream Machine uchun promtalar ham yozish mumkinmi? ular qanday to‘g‘ri yoziladi?

Ob’ektni kadrda ko'rsating: Aniq animatsiyalanishi kerakligini ko‘rsating (masalan, robot, inson, hayvon).

Harakatlarni ko‘rsating: Ob’ektni  nima qilishi kerak,qayga harakat qilishi kerakligini ta’kidlash.

Aniqlik: bunda qanchalik  aniq to'‘liq ta’riflash juda ham muhim.

Luma Dream Machine Video neyron tarmog’I obuna asosida ishlaydi

Hozirgi kunda Luma Dream Machine Video har bir foydalanuvchi uchun ochiq bo'lmasligi  ham mumkin. U odatda foydalanuvchilarga obuna asosidagi xizmat sifatida taqdim etiladi va bu xizmat kichik ijodkorlar, tadbirkorlar yoki yirik korxonalar uchun mo'ljallangan. Biroq, ba'zi foydalanuvchilar uchun sinov versiyalari yoki cheklangan kirish imkoniyatlari mavjud bo'lishi mumkin. E'tibor bering, ba'zi xususiyatlar faqat yuqori darajadagi rejalarda mavjud bo'lishi mumkin. Dream Machine’dan bepul foydalanish ham mumkin, lekin jiddiy ishlash uchun, har doimgidek, obuna bo'lish zarur. Umuman olganda, to'rtta tarif mavjud.

Bepul tarif ro'yxatdan o'tgandan so'ng faollashadi. Unga oyiga 30 ta generatsiya kiradi. Videolarga Luma logotipi qo'shiladi va ularni tijorat maqsadlarida ishlatish mumkin emas.

Standard tarif 29 dollar (yiliga to'lov qilinsa, 24 dollar) narxda bo'lib, 150 ta generatsiya, logotipsiz va tijorat maqsadlarida ishlatish huquqini taqdim etadi. Ishlash jarayoni yuqori ystuvorlikga ega bo'lib, kutish vaqti kamroq bo'ladi.

Pro tarif 100 dollar (yiliga to'lov qilinsa, 80 dollar) narxda bo'lib, Standard tarifidagi barcha imkoniyatlarga qo'shimcha ravishda 430 ta generatsiya va eng yuqori ystuvorlik ishlov berish taqdim etiladi.

Eng qimmati - Premier tarif, narxi oyiga 500 dollar (yiliga to'lov qilinsa, 400 dollar) bo'lib, 2 030 ta generatsiya va eng yuqori prioritetli ishlov berishni taklif etadi.

Luma Dream Machine Videoning asosiy xususiyatlari:

Luma Dream Machine kamchiligi nimada?

 1. Uning bepul versiyasida faoliyatning  cheklanishi: Ayrim funktsiyalar faqat pullik  versiyasida mavjud bo‘ladi xolos, bu sizning  bajarmoqchi bo’lgan ishlaringizni cheklashi mumkin.

2. Hamma vaqt ham siz sifatli  muvaffaqiyatga erisha olmaysiz:  Ba’zida natiha kutilgandek bo’lmasligi mumkin va siz istagan natijaga erishish uchun sinab ko’rish zarur bo‘ladi.

Luma Dream Machine interfeysi juda qulay va zamonaviy. U foydalanuvchiga ehtiyojsiz ishlash uchun barcha zarur vositalarni taqdim etadi. Siz unda tez va oson rasmlarni yuklab olib, animatsiyalarni tanlash va natijalarni ko‘rib chiqish mumkin.

Uning ahamiyati va afzal tomonlari nimada?

1.  Siz video yaratish jarayonida murakkab videolarni  tahrirlash ko'nikmalariga ehtiyoj sezmasdan qisqa muddatda natijaga erishasiz.

2.  Kichik bizneslar, kontent yaratuvchilar yoki mustaqil san'atkorlar uchun, Luma Dream Machine video yaratish uchun arzon variant desak xato bo’lmaydi.

3.  AI foydalanuvchilarga yangi va eksperimental videolar yaratish imkoniyatini beradi, bu esa an'anaviy video tahrirlash usullariga nisbatan ko'proq ijodiy xususiyatga ega.

4.  Tizimda foydalanuvchi istaklariga mos ravishda video natijasini sozlash imkoniyatlari mavjud.

5.  Platforma musiqa asosidagi kontentlarni yaratish uchun juda foydalidir, chunki u musiqaning kayfiyati va ritmiga mos keladigan videolarni sizga tez va oson yaratib beradi.

AI asosida ishlaydigan bu platforma video ishlab chiqarishni ancha osonlashtiradi va ijodiy jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi. Ijodkorlar, kontent yaratuvchilar va bizneslar uchun bu tizim ijodiy videolarni arzon va samarali tarzda yaratish imkoniyatini taqdim etadi.

Luma Dream Machine Video  neyron tarmog'i orqali yaratilgan videolarni noto‘g‘ri yoki nojo‘ya maqsadlarda ishlatishdan saqlanish zarur. Masalan, soxta reklama yaratish yoki sun'iy intellektni siyosiy fikrni manipulyatsiya qilishda, yolg‘on ma'lumotlar tarqatishda ishlatishdan saqlanish kerak.Bular mashhur belgilar, logotiplar, film yoki o‘yin qahramonlari va boshqa mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallar bo'lishi mumkin.

Luma Dream Machine Video  foydalanuvchilarga avtomatik ravishda musiqa, tasvirlar yoki hatto matnli so'rovlar asosida videolar yaratishga yordam beradigan kuchli vositadir va u innovatsion vizual tajriba va fantastik texnologiya hamdir. U musiqani tahlil qilgan holda kayfiyat va ritmiga mos keladigan dinamik vizual effektlarni qollay oladi. Bu tizim asosan musiqachilar, kontent yaratuvchilar va ijodiy videolarni tezda ishlab chiqarishni istagan har qanday foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan. Bu tizimning tez ishlash qobiliyati va shaxsiylashtirish imkoniyatlari uning asosiy afzalliklaridir.



avatar
Dilbar Tosheva 8-11-2024
grade grade grade grade star_half

Neyrotarmoqlar arrow_right_alt

Write a Review

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив