Ideogram AI rasm generatori
Ideogram.ai asosan grafik dizaynerlar, marketing mutaxassislari va ijodkor kontent yaratuvchilarga mo'ljallangan. U orqali foydalanuvchilar murakkab tushunchalar va g'oyalarni oddiy, tushunarli grafiklar orqali ifodalashlari mumkin. Bu ayniqsa taqdimotlar, reklama kampaniyalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda samarali muloqot qilish uchun juda foydali.
Ushbu platforma yordamida foydalanuvchilar murakkab statistik ma'lumotlar yoki texnik tavsiflarni ham qulay va qiziqarli tarzda vizuallashtira oladilar. Bu esa auditoriyani jalb qilish va qiziqtirish uchun katta ahamiyatga ega.
Ideogram.ai shunchaki rasm generatsiya qiladigan sun'iy intellekt emas, balki rivojlanib borayotgan ijtimoiy tarmog'idir. Har bir ijodkor o'zi yaratgan rasmlarini joylashitirib, "like" lar to'plashi va boshqa ijodkorlarga obuna bo'lishi mumkin.
Grafik dizayn sohasida Ideogram.ai
Ideogram.ai grafik dizayn jarayonlarini soddalashtiradi va ijodiy jarayonda dizaynerlarga yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Sun'iy intellekt yordamida dizayn yaratish imkoniyati odatda ko'p vaqt talab qiladigan vazifalarni avtomatlashtiradi. Bu esa dizaynerlarga o'z e'tiborlarini ijodiy g'oyalarga qaratish va ijodkorlikka ko'proq vaqt ajratish imkonini beradi.
Qanday foydalanish mumkin?
Logotiplar yaratish: Ideogram.ai yordamida brend uchun o'ziga xos logotiplar yaratish mumkin. Sun'iy intellekt tavsiflar asosida turli variantlarni taqdim etadi, bu esa dizaynerlarga mijozlari uchun mos logotipni tanlashda katta yordam beradi.Ideogram orqali yaratilgan logotiplarga misol:
Prompt: Design a modern and bold logo for a construction materials store. The logo should convey strength, durability, and reliability, with elements that represent building materials such as bricks, tools, or architectural designs. Use a color scheme of dark blue and gray to symbolize professionalism and trust, with an optional accent of yellow or orange to add energy and warmth. The typography should be strong and straightforward, reflecting the sturdy nature of construction materials
Poster va reklama materiallari: Reklama va marketing sohasida sifatli kontent yaratish talab etiladi. Ideogram.ai orqali qisqa vaqt ichida poster va afishalar yaratish imkoniyati mavjud bo'lib, dizaynerlar tezkor natijalarni qo'lga kiritishi mumkin.Ideogram.ai orqali O'zbekistondagi mashhur brendlardan biri bo'lgan "EVOS" uchun poster tayyorladik.
Prompt: Create a poster showcasing the delicious Evos brand lavash with impactful and vibrant colors. Show the lavash hot, fresh, and appetizing, clearly depicting the filled meat, vegetables, and sauces inside. Include the Evos brand logo around the lavash along with the slogan "EVOS lavash haqiqatdan ham juda mazzali". Use green and red colors in the background to convey the freshness and taste of the dish. A satisfied customer with an open and friendly face can be shown near the lavash. Emphasize the delicious taste and quality of Evos lavash through this design.
Ijtimoiy tarmoq uchun grafikalar: Ijtimoiy tarmoqlarda jozibali postlar yaratish orqali auditoriyani jalb qilish dizaynerlar uchun muhimdir. Ideogram.ai bilan Facebook, Instagram va boshqa platformalar uchun optimallashgan grafikalarni yaratish jarayoni ancha osonlashadi.
Interyer va eksteryer dizaynlar: Ideogram.ai interyer va eksteryer dizaynerlarga katta imkoniyatlar yaratib beradi, ayniqsa ularning g'oyalarini vizual ko'rinishga keltirish uchun qulay vosita hisoblanadi. Quyidagi rasmda sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan oshxona interyerining vizual ko'rinishi tasvirlangan.
Ideogram.ai 2.0 da Canvas funksiyasi
Ideogram.ai ning 2.0 versiyasi yangi Canvas funksiyasini taqdim etdi. Bu foydalanuvchilarga cheksiz ijodiy maydonda tasvirlarni yaratish, tahrirlash va birlashtirish imkonini beradi. Canvas yordamida foydalanuvchilar o'z tasvirlarini yuklab, ularni tahrirlash, kengaytirish yoki yangi tasvirlar yaratishlari mumkin. Bu funksiya grafik dizayn, logotiplar, posterlar va boshqa vizual kontent yaratishda juda foydalidir.
Canvas interfeysi imkoniyatlari:
Magic Fill (inpainting): Tasvirning ma'lum qismlarini o'zgartirish yoki qo'shish imkonini beradi.
Extend (outpainting): Tasvirni asl chegaralaridan tashqariga kengaytirish imkonini beradi.
Remix: Mavjud tasvirlarni qayta ishlash va yangi versiyalarini yaratish imkonini beradi.
Generate: Matnli so'rovlar orqali yangi tasvirlar yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Canvas foydalanuvchilarga o'z tasvirlarini yuklash, tahrirlash va yakuniy kompozitsiyalarni yuklab olish imkoniyatini beradi. Bu funksiya grafik dizaynerlar va ijodkorlar uchun qulay va samarali vositadir.
Ideogram 2.0 versiyasi bilan birga, foydalanuvchilar yangi uslublar, rang palitralari va boshqa sozlamalarni qo'llash orqali tasvirlarni yanada moslashtirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu yangilanishlar foydalanuvchilarga o'z ijodiy jarayonlarini yanada samaraliroq boshqarish imkonini beradi.
Ideogram.ai dan qanday foydalaniladi ?
- Brauzeringizni oching va Ideogram.ai saytini qidiring.
- O’zingizga kerakli usulda ro’yhatdan o’ting. Google yoki Apple hisobingiz orqali ro’yhatdan o’tishingiz mumkin
3. Hisobni kiritgandan so’ng ism va o’zingiz uchun yagona bo’lgan username kiriting:
4. Ma’lumotlar kiritilgandan so’ng ushbu oyna ko’rinadi
Sayt interfeysi juda sodda qilib yaratilingan va har bir foydalanuvchi undan bemalol foydalanishi mumkin. Saytda ko’rinib turgan generatsiya qilingan rasmlar, boshqa ijodkorlar tomonidan yaratilingan bo’lib, agarda siz ham rasm generatsiya qilsangiz shu ko’rinishda boshqa foydalanuvchilarga ko’rinadi.
5. Ushbu qismda esa kerakli prompt yozish kerak, ya’ni o’zingizni tasavuriy rasmingizni so’zlar bilan ifodalash lozim, so’rovlarni ingliz va rus tilida yozishingiz maslahat beriladi. Prompt yozilgandan so’ng rasmni qanday turdagi bo’lishi kerakligini tanlashingiz kerak.
6. Magic Prompt funksiyasini yoqib qoying, chunki ushbu funksiya ingliz tilidan boshqa tilda yozilgan so’rovlarni ingliz tiliga tarjima qilib beradi, undan tashqari prompt ingdagi kamchiliklari tuzatib beradi.
7. Keyingi qism esa rasmlarning qanday ko’rinishda sizga taqdim etilishini tanlashingiz kerak.
- Aspect ratio qismida generatsiya qilinadigan rasmingizni o’lchamlarini tanlaysiz. *
- Visibility funksiyasi orqali tayyorlangan rasm boshqa foydalanuvchilarga ko’rinishini tanlashingiz mumkin. Eslatma faqat pullik xizmatni sotib olgan foydalanuchilargina rasmlarini yashirishi mumkin.
- Model qisminida Ideogram.ai ning versiyasini tanlaysiz, 2.0 eng so’ngi va yaxshiroq versiyasi
- Color Palette da muhim bo’lgan ranglarni tanlaysiz, sizga sun’iy intellektning o’zi ranglarni tavsiya qiladi.
Barcha sozlamalarni qilib bo’lgan so’ng Generate tugmasi bosib rasmlar tayyor bo’lishini kutamiz. Bepul versiyada rasmlar sekin va navbatlar bilan tayyorlanadi.
Ideogram.ai bepul sun’iy intellektmi?
Ideogram.ai bepul versiyada ham ko’pgina imkoniyatlar ega. Kunlik 40 tagacha rasmlarni generatsiya qilish, 2 ta Canvasda loyiha qilish va rasmlarni JPG formatda yuklab olish mumkin
Ideogramning pullik versiyasida imkoniyatlar
Ideogram.ai 4 ta tarifni o’z ichiga oladi.
- Basic: 1600 tagacha rasmlarni generatsiya qilish, kuniga 100 tas rasmni navbatlarsiz yaratish, cheksiz miqdorda Canvas funksiyasidan foydalanish, suratlarni yuqori PNG formatda yuklab olish, Magic Fill va Extend funksiyalardan foydalanish, rasmlarni o’lchamlarini tanlash va kommunitydan rasmlarni qidirish mumkin
- Plus: 4000tagacha rasmlarni generatsiya qilish, cheksiz miqdorda rasmni navbatlarsiz yaratish, Basic ta’rifidagi barcha imkoniyatlar, rasm yuklash, rasmlarni ranglarini tanlash va generatsiya qilingan rasmlarni yashirish imkoniyatlarga ega.
- Pro: Plus ta’rifidagi barcha imkoniyatlar, tez orada qo’shilishi kutilayotgan, bir vaqtda ko’plab rasmlarni generatsiya qilish funksiyasi qo’shiladi.
Ko'p so'raladigan savollar:
- Ideogram.ai ning boshqa sun’iy intellektlardan nima ustunligi bor ?
Ushbu sun’iy intellektning boshqa rasm generatsiya qiladigan AI dan farqi uning tezligida. Ideogram.ai hozirgi kunda eng tez generatsiya qiladigan intellekt bo’lib, sifat darajasida ham reallikdan deyarli farq qilmaydi.
- Ideogram.ai orqali qanday daromad qilish mumkin ?
Ideogram.ai orqali frilansing saytlaridan daromad qilish mumkin. Buyurtma asosida logotiplar , har xil posterlar va bannerlar yaratib mijozlarga sotish mumkin. Ideogramning qulayligi har bir element bilan birma bir ishlash mumkin.
- Platforma qaysi tillarni qo'llab-quvvatlaydi?
Ideogram.ai sayt interfeysi faqat ingliz tilida, lekin rasm generatsiya qilish boshqa tillarda ham foydalanish mumkin. Magic Prompt funksiyasi boshqa tillarda ham rasmlarni siz hohlagandek tayyorlashga yordam beradi. Yaratilgan tasvirlarning sifati qanday?
Ideogram.ai so’ngi 2.0 yangilanishidan so’ng rasmlar reallikka juda yaqin, avvalgi versiyalarda insonlarni chizishda qilinadigan xatoliklar tuzatilingan.