img

Wonder Dynamics - VFX animatsiya

Wonder Dynamics - (https://wonderdynamics.com) Sun'iy intellekt yordamida VFX animatsiyalarni yaratish va ularni videolarga joylashitirib beradigan texnologiya bo'lib, 2024 - yilning oktyabr oyida ommaga taqdim etildi. 





Ushbu sun'iy intellekt texnologiyasi tayyor videolarga yoki real vaqtda yozilayotgan videolarga har xil turdagi animatsion qahramonlarni joylashtirish mumkin. Wonder Dynamics  -hozirgi kunda faqat web sayt holatida brauzerlarda ishlaydi.  Ushbu texnologiya VFX yaratish jarayonlarini soddalashtirib, ularni arzonroq va tezroq amalga oshirish imkonini beradi, bu esa kino va o'yin industriyasida katta ahamiyatga ega. 


Wonder Dynamics tarkibida VFX qahronlar

Ushbu texnologiya videodagi aktyorni va har bir harakatini mukammalik bilan aniqlaydi va tanlangan qahramonni vizual ko'rinishda joylashtirib beradi.. Faqatgina video sifati yuqori va  unda ko'podamlar qatnashmasligi lozim.  Pastdagi rasmda Wonder Dynamics platformasidagi mavjud qahramonlarni ko'rish mumkin.

Kerakli videoni joylashtirgandan so'ng sun'iy intellekt inson harakatini aniqlaydi va Characters bo'limidan kerakli qahramonni birgina tugmani bosish orqali VFX animatsiya joylanadi.

Wonder Dynamics va AutoDesk

2024-yil may oyida Autodesk kompaniyasi Wonder Dynamics'ni sotib oldi, bu esa kompaniyaning texnologiyalarini kengroq auditoriyaga yetkazish imkonini berdi. Wonder Studio tarkibidagi barcha 3D model va animatsiyalar AutoDesk dasturlari (3DsMax, Blender) bilan integratsiya qilsa bo'ladi. Platforma ichidagi tayyor modellarni Blender dasturida tahrirlash, o'zgartishlar kiritish mumkin.





Wonder Dynamicsning avfzalliklari:
Ushbu sun'iy intellektdan foydalanishda faqatgina brauzer bo'lsa bo'ldi, Boshqa hech qanday og'ir VFX dasturlari bo'lishi shart emas. Barcha VFX effektlarni barchasi web saytda yuklangan bo'lib, videoni saytga yuklaganda, og'ir yuklamalar sayt serveriga tushadi va tayyor video namunalari foydalanuvchiga jo'natiladi. Shunday imkoniyatlar sababli ushbu sun'iy intellektdan foydalanish uchun kuchli kompyuter shart emas, hattoki oddiy telefonda ham texnologiyadan foydalanish mumkin.


Wonder Dynamicsda shablonlar

Wonder Dynamics platformasida video va animatsiyalar yaratish uchun ko'plab tayyor shablonlar mavjud. Bu shablonlar "Templates" bo'limida joylashgan bo'lib, foydalanuvchilarga o'z ijodiy loyihalarini tez va samarali amalga oshirishda yordam beradi. "Templates" bo'limidagi har bir shablon o'ziga xos mavzuga ega va real sahnalar bilan birlashtirilgan jonli animatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bu esa foydalanuvchilarga murakkab vizual effektlarni yaratishda vaqt va kuchni tejash imkonini beradi.

Wonder Dynamicsda yordam bo'limi:

Wonder Dynamics yangi foydalanuvchilar uchun mahsus yordam bo'limini tashkil qilgan. Bo'limda yozma manbaalar, qo'llanmalar, eng ko'p so'raladigan savollar (FAQ) va Youtube video darsliklargacha bor. Barchasi noldan saytdan mukammal  foydalanish o'rgatilingan bo'lib, bu yangi foydalanuvchilar uchun anchagina qo'l kelgan. Rasmiy sayt help.wonderdynamics.com

Wonder Dynamics sun'iy intellekti narxi:
Wonder Dynamics bepul versiyasida faqatgina texnologiya qanday ishlashini ko'rish mumkin, lekn hech qanday  videolarni saqlab olish imkoniyati yo'q. Sun'iy intellektning pullik versiyasida esa ko'pgina imkoniyatlarga ega bo'lish mumkin. Xizmat hozirda 3 ta tarifni foydalanuvchilariga taqdim etadi.


1. Lite Rejasi

Narxi: $19/oy (Chegirma bilan, odatiy narx $29/oy)
Lite rejasi yangi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan va quyidagi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi:

  • 3000 kredit/oy;
  • Maksimal eksport sifati: 1080p;
  • 5 GB xotira hajmi;
  • 500 MB hajmdagi videoni yuklash limiti;
  • 2 ta maxsus belgi yuklash imkoniyati;
  • 2 kishilik harakatni kuzatish (motion capture);
  • MoCap ma’lumotlarini eksport qilish;
  • Kamerani kuzatish va boshqa asosiy funksiyalar.

Bu reja boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lib, oddiy animatsion loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli.

2. Pro Rejasi

Narxi: $99/oy (Chegirma bilan, odatiy narx $149/oy)
Pro rejasi  asosan professional jamoalar uchun mo‘ljallangan:

  • 12000 kredit/oy;
  • Maksimal eksport sifati: 4K;
  • 80 GB xotira hajmi;
  • 2000 MB hajmdagi videoni yuklash imkoniyati;
  • 15 ta maxsus belgi yuklash;
  • 4 kishilik harakatni kuzatish (motion capture);
  • PNG, mask va boshqa formatlarni eksport qilish;
  • Live Action texnologiyasi va boshqa ilg‘or funksiyalar.

3. Enterprise Rejasi

Narxi: Alohida kelishiladi (xizmat haqida batafsil ma’lumot olish uchun bog‘lanish talab qilinadi).
Enterprise rejasi katta hajmdagi loyiha va korporativ talablar uchun moslashgan:

  • Pro rejadagi barcha funksiyalarni o‘z ichiga oladi;
  • Kengaytirilgan xavfsizlik va saqlash;
  • Individual belgi yuklash chegaralari;
  • Ustuvor qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu reja yirik korporativ mijozlar va studiyalar uchun mo‘ljallangan.


Yuqorida ko'rsatilingan barcha narxlar bir oylik tarif uchun ko'rsatilingan, yillik tarifda sotib olgan foydalanuvchilarga  15% chegirma taqdim etiladi va narxlar, Lite - 16.99 $ ,  Pro - 84.99 $ gacha kamayadi. Obunani istalgan vaqt toxtatish mumkin.





Wonder Dynamics da kreditlar nima ?

Wonder Dynamics da kreditlar bu video generatsiyaning davomiyligini ko'rsatadi. Misol Lite tarifida ko'rsatilingan 3000 kredit orqali  "Live Action" funksiyasida 150 soniya video tayyorlash mumkin. Yoki "AI MoCap" (harakatni sun'iy intellekt orqali kuzatish) funksiyasida  750 soniya video yaratish mumkin. Pro tarif rejasida 12000 kreditga  "Live Action" da 600 soniya yoki "AI MoCap" da  3000 soniyalik videolarga 3D model animatsiyalarni qo'shsa bo'ladi.


Wonder Dynamics da ro'yhatdan o'tish:

Wonder Dynamics dan ro'yhatdan o'tish uchun

Ko'p so'raladigan savollar

1. Wonder Dynamics bepul sun'iy intellektmi ?

Afuski hozirgi paytda Wonder Dynamics bepul foydalanishni iloji yo'q. Boshqa platformalarda cheklangan miqdorda sun'iy intellektdan foydalanish, lekin Wonder Studio da bunday imkoniyat mavjud emas

2. Wonder Dynamics da prompt yoziladimi ?
Yo'q, faqatgina video joylanadi va sun'iy intellekt inson harakatini aniqlab, siz tanlagan 3D model qahramonni joylab beradi.

3.Wonder Dynamics da men o'z multfilmimni tayyorlay olamanmi ?
Albatta,  Faqatgina multfilm uchun kadrlarni suratga olingan bo'lishi kerak, Wonder Dynamics esa kadrlarga multfilm qahramonlarini 3D modelini juda sifatli qilib tayyorlab beradi.

4. Ko'proq kreditlar kerak bo'lsa qanday olish mumkin ?
Tariflarda ko'rishiz mumkin kreditlar miqdorini, agarda sizga bundan ko'proq kreditlar kerak bo'lsa Enterprise Rejasi bo'yicha sayt adminlariga murojaat qiling

5. Wonder Dynamics da o'z personajlarimizni yaratishimiz mumkinmi ?
Wonder Dynamics platformasini o'zida qayramonlarni yaratishni iloji yo'q, lekin 3D grafik dasturlarida yaratib sun'iy intellektga qo'shish mumkin.

6. Wonder Dynamics orqali daromad qilish mumkinmi ?
Ha, Wonder Dynamics orqali daromad qilish mumkin. Bu platformadan foydalanib, raqamli kontent ishlab chiqarish, masalan, animatsiyalar, filmlar va reklama videolari yaratish orqali pul ishlash imkoniyati mavjud.

7.  Wonder Dynamics orqali qanday xizmatlar taklif qilib daromad qilsa bo'ladi?
Wonder Dynamics orqali quyidagi xizmatlarni taklif qilib daromad qilish mumkin:
  • Animatsiyalar yaratish: Kompaniyalar yoki ijodiy loyiha uchun 3D animatsiyalar ishlab chiqarish.
  • Vizual effektlar qo'shish: Videolar uchun vizual effektlar yaratish xizmatlarini taklif etish.



Rasmiy Websayt : Wonder Dynamics

avatar
Bunyod Hayitov 14-11-2024
grade grade grade grade star_half

Neyrotarmoqlar arrow_right_alt

Write a Review

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив